Biologiya, kimyo va matematika fanlaridan Milliy o‘quv dasturini takomillashtirishda o‘qituvchilar takliflari o‘rganilmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti masʼullari bu borada hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda.
Kuni kecha Jizzax viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi va Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik tumanlarida hamda Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi va Jomboy, Narpay, Oqdaryo tumanlarida biologiya, kimyo va matematika fanlaridan so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnomadan ko‘zlanayotgan maqsad biologiya, kimyo va matematika fanlaridan Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish va amaliyotchi ustozlarning takliflarini o‘rganishdir.
Bunda Jizzax va Samarqand viloyatlaridan jami 300 ga yaqin biologiya, kimyo va matematika fan o‘qituvchilari ishtirok etdi. Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish bo‘yicha takliflar olindi.