Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “KRK” va “KRS” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshchiligida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida umumiy o‘rta ta‘lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Kasbiy rivojlanish kuni – KRK” va “Kasbiy rivojlanish soati – KRS” tadbirlarini kaskad usulida o‘tkazishda master trener va mentor- o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha seminar trening tashkil etildi.
Bunda ixtisoslalashtirilgan va prezident maktablari hamda pedagogik mahorat markazlaridan saralab olingan 22 nafar master trenerlar va Toshkent shahridagi umumta'lim maktablarining tajribali 14 nafar boshlang‘ich ta'lim mentor o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Bugungi o‘quv mashg‘ulotlarida:
Bola rivojlanishi va psixologiyasi;
Inklyuziv sinflarda xulq-atvorida qiyinchiliklari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash kabi mavzularida o‘quvlar tashkil etildi.