Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga yangi metodikani o‘rgatish bo‘yicha video darslarni tasvirga olish ishlari boshlandi

920 26.08.2023

Xabaringiz bor, “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil qilingan edi.

Mazkur kurslar ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan o‘quv dasturi va darsliklarni amaliyotga joriy etishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Ustozlarga yangi metodikani o‘rgatishda yana-da qulaylik yaratish maqsadida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida yangi darsliklar mualliflari trenerligida video darslarni tasvirga olish ishlari boshlandi.

Tez kunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarga yangi metodikani o‘qitish bo‘yicha tayyorlangan video darslar institutning uzluksiz kasbiy taʼlim elektron platformasiga joylashtiriladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech