Buxoro va Navoiy viloyatlarining 2 ta umumta’lim maktablarida PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazildi.

156 10.05.2025

Mazkur jarayonlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida tashkil etildi.

Unda 4-sinf o‘quvchilarining oʻqib tushunish, o‘qish savodxonligi, talqin qilish, xulosalar chiqarish ko‘nikmalari baholanishiga qaratilgan tadqiqot materiallari sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, tajriba sinov jarayonida o‘quvchilar badiiy tajriba orttirish va axborot olish uchun o‘rganishga qaratilgan matnlar va ulardan kelib chiqqan topshiriqlarga javob berdilar.

Shu bilan birga ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar haqidagi so‘rovnomalar ham to‘ldirdilar.

Mazkur tajriba-sinovda qatnashgan o‘quvchilarning ota-onalari, fan o‘qituvchilari hamda maktab rahbarlari ham tadqiqot doirasidagi so‘rovnomada qatnashdilar.

Eslatib o‘tamiz, PIRLS 2026 tadqiqotida ham O‘zbekiston ikkinchi marotaba ishtirok etayotgan bo‘lib, unda 28 ta maktablar tasodifiy tamoyil asosida tanlab olingan.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech