Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti bilan tanishdi
Bugun Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov va viloyatning mutasaddi vakillari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat institutida bo‘ldilar.
Institutning yangi binosi, Axborot-resurs markazi, A.Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish media studiyasi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, malaka oshirishga kelgan pedagoglar uchun tashkil etilgan zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona hamda STEAM laboratoriya markazi binosini ko‘rdilar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 30-sentyabr kuni o‘tkazilgan pedagoglar bilan ochiq muloqot tadbirida A.Avloniy pedagogik mahorat milliy institutini ko‘rish va shu andoza asosida joylardagi malaka oshirish markazlarini zamonaviy qiyofaga keltirish bo‘yicha viloyat hokimlariga vazifa belgilangan edi.