“Davlat organlari va taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi taʼlim va halollik tizimini yaratish”

166 26.05.2023

Bugun Adliya vazirligida so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini yana-da oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutidan prorektor A.Baxramov ham ishtirok etdi.

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisobdor va shafof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi ko‘magida “KPMG Audit” (O‘zbekiston) kompaniyasi ekspertlari ishtirokida amalga oshirilgan “Davlat organlari va taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi taʼlim va halollik tizimini yaratish” loyihasi yakunlanganligi maʼlum qilindi hamda loyiha natijasida tayyorlangan o‘quv materiallari va modullari tegishli taʼlim muassasalari vakillariga taqdim etildi.

Loyihada boshqa sohalar qatori taʼlim muassasalarining o‘quvchi va talabalarida ham halollikni mustahkamlash va korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsad qilingan.

Loyiha doirasida taʼlim sohasidagi turli maqsadli guruhlar uchun korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha o‘quv dasturlari, korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy mexanizmlari, mansabdor shaxslar va davlat muassasalari xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligi va huquqiy bilimini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari ishlab chiqilgan.

Xususan, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni korrupsiyaga qarshi tarbiyalash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan.

Tarqatma va videomaterillar shaklidagi qo‘llanma maktabgacha taʼlim muassasasida bolalar ongida korrupsiyaga qarshi ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘qituvchi va tarbiyachilar uchun ko‘makchi bo‘ladi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech