Doktorantlar Birlashgan Arab Amirligida
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining doktorantlari Abduxamidova Muyassarxon hamda Toxirova Nafisaxonlar Birlashgan Arab Amirligining Sharjah shahrida tashkil etilgan 29-TESOL Xalqaro Konferensiyasida ishtirok etishmoqda.
Har yili o’tkaziladigan mazkur konferensiyaning bu yilgi mavzusi AI Revolution and Future of Education (Sun’iy Intellekt Revolutsiyasi va Til o’rgatishning Istiqbollari) deb nomlandi.
Konferensiyadan ko’zlangan maqsad - xalqaro til o’qituvchilarini jamlab, ta’limda Sun’iy intellekt mavzusini muhoka qilish, ta’limda zamonaviy sun’iy intellekt platformalari, ular bilan bog’liq muammolar va yechimlarni ko’rib chiqishdan iboratdir.
Konferensiya 18-apreldan 20-aprelga qadar davom etadi.