Doktoranturaga kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi.
Joriy yilning 24 -noyabr kuni A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi va 13.00.07-Taʼlimda menejment ixtisosliklari bo‘yicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va stajor-tadqiqotchilikka qabul qilish bo‘yicha imtihon va suhbat jarayonlari o‘tkazildi.
Doktorantura va stajyor tadqiqotchilikka kirish imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq hamda Institut rektorining 2023-yil 20-noyabrdagi 01-140-sonli buyrug‘i asosida ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislardan iborat yangi tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Imtihon yuqori saviyada tashkil etish va ochiqlikni taʼminlash maqsadida institutning You Tubedagi rasmiy kanali orqali (https://www.youtube.com/watch?v=JMbMkGZXnEk) to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli translyatsiya qilindi.
Shuningdek, qabul imtihoni va suhbat jarayonlariga 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch (maqsadli) doktoranturaga 6 nafar, 13.00.07-Taʼlimda menejment ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga 4 nafar, stajyor-tadqiqotchilikka 13 nafar, mustaqil izlanuvchilikka 1 nafar, jami 24 nafar talabgorlar ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, shundan, 2 nafari sababsiz qatnashmadi.
Quyida talabgorlarning imtihon va suhbat natijalari bilan tanishishingiz mumkin:????