Dunyo davlatlaridagi maktab o‘qituvchilarining malaka oshirish tartibi haqida
Bugungi kunda dunyoning qaysi mamlakatlarida davriylikka asoslangan tizim tugatilib, o‘qituvchilarning uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy etilgan va malaka oshirish uchun eng kam vaqt necha soat qilib belgilangan:
Finlandiya - kamida 30 soat/yil
Amerika Qo‘shma Shtatlari - 30-40 soat/yil (shtatga bog‘liq)
Kanada (baʼzi viloyatlarda) - 20 soat/yil
Germaniya - kamida 30 soat/yil
Yaponiya - kamida 30 soat/yil
Singapur -33 soat/yil (3 yilda 100 soat)
Turkiya - kamida 30 soat/yil
Janubiy Koreya - 60 soat/yil
Angliya - 1 yildan oshiq tajribaga ega o‘qituvchilar uchun kamida 10 soat/yil, yangi o‘qituvchilar uchun 50 soatlik malaka oshirish kursi talab qilinadi
Fransiya - 20 soat/yil (3 yilda kamida 1 marotaba 20 soatlik anʼanaviy talab etiladi)
Avstraliya - kamida 20-40 soat/yil (hududlariga qarab)
Yangi Zelandiya - kamida 20 soat/yil
Irlandiya - kamida 20 soat/yil
Daniya - 40 soat/yil (7-10 kunlik kurslar)
Norvegiya - kamida 50 soat/yil (2 haftalik)
Ispaniya - kamida 30 soat/yil
Shvetsiya - kamida 20 soat/yil
Shveysariya - 80 soat/yil
Niderlandiya - kamida 32 soat/yil
Belgiya - kamida 30 soat/yil
Avstriya - kamida 15 soat/yil
Estoniya - kamida 30 soat/yil
Polsha - 30 soat/yil (5 yilda 150 soat)
Latviya - 20 soat/yil (ikki yilda 40 soat)
Litva, Chexiya Respublikasi, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Xorvatiya, Portugaliya, Chili hamda qolgan davlatlarda ham yillik yuklama soatlari o‘rtacha 25-30 soatni tashkil qilmoqda.
Eng ko‘p vaqt ajratilgan davlat Shvetsariya bo‘lib, har yili pedagogning 80 soat malaka oshirishi talab etiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich kamida 36 soat etib belgilangan. Polshada esa har besh yilda bir marta 150 soat vaqt amalda davom etmoqda.