Hududlarda tadqiqotchilarning tajriba-sinovlari o‘tkazilmoqda
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat instituti tayanch doktoranti Boymatov Bekzod Xidirboyevichning “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodologiyasini takomillshtirish” dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan tajriba-sinov dasturining dastlabki aniqlovchi bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tajriba-sinov ishlarining dastlabki aniqlovchi bosqichi:
14-18-oktabr kunlari Farg‘ona viloyati, Farg‘ona va Marg‘ilon tumanlarida joylashgan 4, 5, 10, 15-maktablarda jami 318 ta o‘quvchi;
21-25-oktabr kunlari Jizzax viloyati, Paxtakor va Zafarobod tumanlarida joylashgan 1, 7, 9, 11, 12, 14, 17-maktablarda jami 364 ta o‘quvchi;
28-31-oktabr kunlari Toshkent shahar, Chilonzor va Shayxontohur tumanlarida joylashgan 59, 82, 178, 183-maktablarda jami 268 ta o‘quvchi ishtirokida tajriba-sinov dasturining dastlabki aniqlovchi bosqich qo‘yiladigan zamonaviy talablar bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Tajriba-sinov dasturining dastlabki aniqlovchi bosqichida umumiy o‘rta taʼlim maktablarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodologiyasini takomillshtirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar, muammoli topshiriqlar bilan ishlash usullari, 5E modeli kabi zamonaviy metodlardan foydalanildi.
Tajriba-sinov dasturining dastlabki aniqlovchi bosqich ishlari yakunlanib, amaliyotda qo‘llash uchun tahlil qilinmoqda.