“Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi o‘quv dasturi” tasdiqlandi
⚠️Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida navbatdan tashqari Ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
✔️Kengashda ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan amaliyotga samarali joriy etish, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitish va baholashning maqbul metodlarini, jumladan, 4K modelini joriy etish, bunda yangi darsliklar, o‘qituvchi kitobi va o‘quvchilar uchun mashq daftari asosida o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida o‘qituvchilar malakasini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
????O‘qituvchilarga yangiliklarni yetkazish, ularni metodik qo‘llab quvvatlash, pedagoglar kasbiy kompetentligini va o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali usullarini joriy etish bo‘yicha boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilari malakasini oshirishdagi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, ilmiy kengash tarkibi aʼzolari ovoziga ko‘ra “Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi o‘quv dasturi” tasdiqlandi.
