Institut rahbariyati Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori A.Ismailov hamda masʼullar menejerlik o‘quv kursida o‘qiyotgan amaldagi direktorlar va nomzodlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda institut rektori tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘zlab, bugungi kunda taʼlim tizimi, maktab taʼlimini rivojlantirish masalalariga ulkan eʼtibor qaratilayotganligini qayd etdi.
Menejerlik o‘quv kurslarini tashkil etish, yakuniy sinovlarni o‘tkazish va past natijalar yuzasidan apellyatsiya kiritish hamda sertifikatni berish tartibi to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tdi.
Muloqotda tinglovchilarning savollariga javob berilib, takliflari yuzasidan masʼullarga tegishli vazifalar belgilandi.