Institut rektorining O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasida nutq so‘zladi

176 28.09.2023

A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti rektori O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasida rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi haqida nutq so‘zladi

Mazkur nutq boshida institut rektori yurtimizda rahbar va pedagog xodimlar malakasini oshirish borasida amalga oshirilgan islohotlarga to‘xtaldi.

Ishtirokchilarga bugungi kunda davriylikdan uzviylikka, yaʼni 3-5 yilda bir marotaba malaka oshirishdan, har yili "Uzluksiz kasbiy rivojlanish" malaka oshirish tizimiga o‘tilgani, turli xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida rahbar kadrlar uchun 30 soatlik, pedagog kadrlar uchun 36 soatga mo‘ljallangan 8 kompetensiyali tizim haqida maʼlumot berdi. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini rivojlanish bosqichlari, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalarga to‘xtalib o‘tdi.

Ehtiyojga asoslangan va tabaqalashtirilgan holda malaka oshirish tizimini joriy etishga oid takliflarni ilgari surdi.

Shuningdek, Institutning Rossiya OTMlari bilan o‘rnatgan hamkorlik munosabatlari haqida ham to‘xtalib, Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda rus tilini o‘qitishning yangi metodikalari bo‘yicha amalga oshirilgan "ZO‘R" (KLASS) loyihasi to‘g‘risida ham tinglovchilarni xabardor etdi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech