Institut tinglovchilari uchun mehnat munosabatlari bo‘yicha tadbir tashkil etildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirlining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tinglovchilari uchun “Majburiy mehnatning oldini olish” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida “Uzluksiz kasbiy taʼlim” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat bo‘yicha masʼul xodim D.Rejapova yangi tahrirdagi konstitutsiyada majburiy mehnatga oid normalar, shuningdek, bolalar mehnatidan foydalanmaslik to‘g‘risidagi moddalarning kiritilishi, hozirgi kundagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etmaslikka doir bir qancha amalga oshirilgan ishlar borasida aytib o‘tdi.
“Majburiy mehnatning oldini olish” maʼruzasida majburiy mehnat nima ekanligi va uning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.