Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan uchrashuv tavsilotlari
Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligining Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori Sardor Rajabov, A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutining rektori Abduvali Ismailov hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning Sharqiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maslaxatchisi Kateryna Obvintseva va ta‘lim bo‘yicha eksperti Marco Kools ishtirok etdi.
Uchrashuvda PISA 2022 tadqiqoti natijalaridagi muhim jihatlarga e‘tibor qaratilib, ta‘lim sifatini yaxshilash, maktab rahbarlari va o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonlarini rivojlantirish borasida fikr almashildi.