Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov universitet talabalari va jamoasi bilan birgalikda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi.
Avval, institut yangi binosi, STEAM laboratoriya markazi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.
So‘ngra Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyida bo‘lib, 1900-yillardan boshlab chop etilgan gazeta, jurnallardan namuna, nusxalar aks etgan instalyatsiyani ko‘zdan kechirdilar. Sun’iy intellekt yordamida gavdalantirilgan jadidlarning qiyofasi hamda ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini tingladilar.
Tashrif doirasida rektor, akademik S.Turabdjanov, institut rektori A.Ismailov, doktorantlar hamda Toshkent davlat texnika universiteti talaba-yoshlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.