Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va A.Avloniy nomidagi milliy institut hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
428
09.11.2024
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyatining institutga tashrifi davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha shartnoma tuzildi.
Unga ko‘ra:
- Tomonlar professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv adabiyotlar (qo‘llanmalar, darsliklar va b.) yaratish;
- O‘quv, ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar o‘tkazish;
- Kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda ish tajribasi bo‘yicha axborot almashish;
- O‘zaro manfaatli mavzular bo‘yicha ma'ruzalar o‘qish, birgalikda ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish kabi rejalar belgilandi.