Islom Taraqqiyot Banki o‘rtasida tashkil yetilayotgan loyiha doirasidagi uchrashuv tavsilotlari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Taʼlim bo‘yicha global hamkorlik (GPE), Islom Taraqqiyot Banki o‘rtasida tashkil yetilayotgan loyiha doirasida A.Avloniy milliy-tadqiqot institutida uchrashuv tashkil yetildi.
Uchrashuv avvalida Islom Taraqqiyot Banki xodimlariga shu vaqtga qadar amalga oshirilgan islohotlar, yerishilgan yutuqlar tanishtirildi.
Mazkur uchrashuvdan maqsad, Taʼlim bo‘yicha global hamkorlik (GPE), Islom Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtiriladigan loyihaning bir qismi hisoblangan o‘qituvchilarning malakasini oshirish borasida yaratilayotgan loyihaning konseptual asoslarini yaratish yuzasidan o‘zaro fikrlar almashish bo‘ldi.