Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokim o‘rinbosarlari boshchiligidagi delegatsiya A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan tanishdi
250
15.10.2024
Bugun Jizzax, Sirdaryo viloyati hokim o‘rinbosarlari hamda Farg‘ona viloyati hokimligi taʼlim, qurilish va loyihalash bo‘yicha mutasaddi rahbarlari institutda bo‘lib, institutning yangi binosi, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish media studiyasi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.
Malaka oshirishga kelgan pedagoglar uchun tashkil etilgan zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona hamda STEAM laboratoriya markazi binosini ham ko‘rdilar.