"Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlari o'tkazildi

497 25.09.2024

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va hududiy pedagogik mahorat markazlari tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlari o'tkazilmoqda.

Ayni kunlarda Respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanish tizimi uzluksizligini taʼminlash, ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan.

Eslatib o'tamiz, mazkur tadbirlarni tashkil etishdan maqsad, oʻqituvchilarga kasbiy mahoratini oshirish va metodik tayyorgarligini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.

“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilgʻor tajribalarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga joriy qilish;
  • oʻqituvchilarga zamonaviy pedagogik va innovatsion taʼlim texnologiyalarini oʻzlashtirish uchun sharoit yaratish;
  • oʻqituvchilarning oʻzi ustida mustaqil ishlashi va ilgʻor pedagogik tajribalarni oʻrganishini tashkil etish;
  • oʻqituvchilarni fan va uni oʻqitish metodikasiga doir yangiliklar bilan tanishtirish;
  • oʻqituvchilarga oʻzaro tajriba almashish, shu jumladan, “Ustoz-shogird” tizimida hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish;
  • oʻqituvchilarning oʻzaro dars kuzatishi, refleksiv amaliyoti hamda maktab negizida malaka oshirishi uchun imkoniyat yaratib berish.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech