“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!” mavzusida tadbir tavsilotlari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida malaka oshirish kurs tinglovchilari uchun axborot texnologiyalari sohasidagi sodir etilayotgan jinoyatchilik turlari, oqibatlari hamda ulardan qanday himoyalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Olmazor tumani IIO FMB axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari olib bordi.
Kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga bermaslik, bank plastik kartalari bilan bog‘liq maʼlumotlarni begona shaxslarga maʼlum qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli xil qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan videotaqdimotlar va tushuntirishlar berib o‘tildi.