Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida maktab direktоrlari oʻrinbosarlari uchun oʻquv seminar tadbiri tashkil etildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi munosabati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktab direktоrlari oʻrinbosarlarining bilimlarini yanada oshirish maqsadida oʻquv seminar tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda institutning “Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boʻlimi” boshligʻi, “Rahbar kadrlarni bilim darajasini va kasbiy mahoratini baholash markazi” tinglovchilari, dars mashgʻulotlarini oʻtadigan pedagoglar va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbirda maʼruzachilar tomonidan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari hamda faoliyatda unga yoʻl qoʻymaslik haqida tushunchalar va maʼlumotlar berildi.