Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha pedagoglarni qayta tayyorlov kurslari tinglovchilarining bilimlari yanada oshirildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi munosabati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha pedagoglarni qayta tayyorlov kurslari tinglovchilarining bilimlarini yanada oshirish maqsadida onlayn oʻquv seminar tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda institutning “Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boʻlimi” boshligʻi, pedagoglarni qayta tayyorlov kurslari tinglovchilari, dars mashgʻulotlarini oʻtadigan pedagoglar va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbirda maʼruzachilar tomonidan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari hamda faoliyatda unga yoʻl qoʻymaslik haqida tushunchalar va maʼlumotlar berildi.