“Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish”

216 31.07.2023

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimni joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tashkilot va muassasalarda Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat tuzilmalari tashkil etildi yoki tashkilotlarda masʼul xodim biriktirildi.

Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida ham mazkur masalaga qaratilgan tadbir tashkil etildi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat boshqarmasi tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida profilaktika yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishni institut rektori A.Ismailov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Vazirlikning 2023-yil 27-iyundagi “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid idoraviy hujjatlarni yangi tahrirda tasdiqlash haqida”gi 196 -son buyrug‘i bilan 12 ta ichki lokal hujjatlar amaliyotga joriy etish uchun qabul qilinganligi ham maʼlumot o‘rnida aytib o‘tildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat boshqarmasi bosh mutaxassisi G‘.Sadikov Korrupsiya, korrupsiyaviy huquqbuzarlik va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida maʼruza qildi.  

Shuningdek, ishtirokchilar uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish”ga doir videorolik namoyish etildi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech