Кorrupsiyaning kelib chiqish sabablari, ijtimoiy xavfliligi va unga qarshi kurashishning ijtimoiy-huquqiy asoslari
490
08.10.2024
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tuzilmasidagi “Rahbar kadrlarni bilim darajasini va kasbiy mahoratini baholash markazi” tinglovchilari orasida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, ijtimoiy xavfliligi va unga qarshi kurashishning ijtimoiy-huquqiy asoslari mavzusida seminar tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda institutning “Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi” boshlig‘i, markazda dars mashg‘ulotlarini o‘tadigan pedagoglar va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar. Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar va ma’lumotlar berildi.