Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha trening kurslari boshlandi
"Muvaffaqiyatli islohotlar — yuqori natijalar" konferensiyasi doirasida tashkil etilgan Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha trening kurslarining ilk kuni bo‘lib o‘tdi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi asosida tashkil etilgan ushbu tadbirning ilk kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdas tomonidan olib borildi.
Kun davomida ishtirokchilar XXI asrda taʼlim duch kelayotgan murakkabliklar va muammolar, jumladan, texnologik taraqqiyot, demografik oʼzgarishlar va farovonlik muammolari haqida ma'lumot olishdi. Mashg‘ulotlar davomida Singapur misolida yuqori sifatli taʼlim tizimini tashkil etuvchi asosiy elementlar tahlil etilib, muhokama qilindi.