LMS platformasidagi yana bir yangi o‘zgarish: videolarni oxirigacha ko‘rish lozim bo‘ladi
Videodarslarni ko‘rayotganingizda yashil tugmachaga ko‘zingiz tushganligi aniq. Xo‘sh, bu nimaligini bilasizmi?
2022-yil davomida malaka oshirish jarayonida videodarslar bir nechta qismlarga ajratilgan hamda ular orasida pedagogning yangi egallagan bilimlarini mustahkamlash uchun test topshiriqlari joylashtirilgan edi. Shuningdek, tinglovchi uchun videodarsni qisqa fursatda oxirgi daqiqasiga o‘tkazish imkoni ham yaratilgan edi.
Endilikda uzoq mashaqqatlar bilan yaratilgan videodarslarni qisqa muddatda oxirgi daqiqasiga surib, keyingi mavzuga o‘tib keta olmaysiz. Har bir mavzuga yaratilgan video kontentni to‘liq ko‘rishingiz talab etiladi. (videoni o‘tkazish imkoniyati mavjud emas) Keyingi safar aynan shu videodars tomosha qilinganda esa istalgancha qayta o‘tkazish funksiyasi faollashadi.