“Mahoratli o‘qituvchi – malakali millat: uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tavsilotlari
Bugun Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan taʼlim vazirliklari va tashkilotlari hamkorligida “Mahoratli o‘qituvchi – malakali millat: uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Unda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori A.Ismailov o‘z maʼruzasi bilan qatnashib, pedagoglar malakasini oshirish, kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar hamda joriy etilayotgan islohotlar mazmuni bilan tanishtirdi.
Konferensiya davomida o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rgangan holda taʼlimga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishda zamonaviy yechimlarni taqdim etishga qaratilgan turli masalalar yuzasidan takliflar o‘rganilib, mulohazalar olib borildi.