“Maktabgacha va maktab taʼlimini samarali boshqarishning demografik omillari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi tavsilotlari
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida “Maktabgacha va maktab taʼlimini samarali boshqarishning demografik omillari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Jarayonda taʼlimni tashkil etish va strategik boshqarishda demografik omillarning ahamiyati, demografik holatni o‘rganish hamda tahlil qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish yo‘llari, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini tashkil etishda demografik omillarning taʼsirini yoritib berish xususida so‘z bordi.
Jumladan, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish va demografik omillarning bog‘liqligi hamda demografik omillarni hisobga olib maktablarning taʼlim dasturlari va yangi avlod darsliklarini yaratish istiqbollariga ham alohida urg‘u berildi.
Konferensiyada quyidagi sho‘balarda faoliyat olib bordi:
Maktablar faoliyatini tashkil etish va boshqarishda demografik omillarning ahamiyati;
mografik holatni o‘rganish va tahlil qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish;
Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini tashkil etishda demografik omillarning o‘rni va roli;
Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda demografik omillarning bog‘liqligi.