Maktablarda raqamli texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda

104 05.02.2025

✔️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat Milliy institutida raqamli texnologiyalar va STEM ta‘limiga tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan ikki kunlik seminar o‘tkazilmoqda.

✔️Mazkur seminarda maktablarning raqamli ta‘limga tayyorgarligini baholash natijalari muhokama qilinib, EdTech texnologiyalarini joriy etishning yetuklik mezonlarini ko‘rib chiqilmoqda.

✔️Shuningdek, o‘quv jarayonida raqamli resurslardan samarali foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish, texnologiyalarni ta‘lim tizimiga integratsiya qilish va uning barqarorligini ta‘minlash bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi belgilangan.

✔️Seminar doirasida ishtirokchilar ta‘limda AKTdan foydalanish, EdTech ekotizimini qo‘llab-quvvatlash, texnologiyalarning o‘quv natijalariga ta‘sirini monitoring qilish va baholash bo‘yicha muhokamalar olib bormoqda.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech