“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktab direktorlari oʻrinbosarlarining bilimlari yanada oshirildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi munosabati bilan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktab direktorlari oʻrinbosarlarining bilimlarini yanada oshirish maqsadida oʻquv seminar tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda institutning “Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boʻlimi” xodimi, “Rahbar kadrlarni bilim darajasini va kasbiy mahoratini baholash markazi” tinglovchilari, dars mashgʻulotlarini oʻtadigan pedagoglar va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbirda maʼruzachilar tomonidan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati boʻyicha tushunchalar va maʼlumotlar berildi.