Oliy taʼlimning pedagogika yo‘nalishlaridagi professor-o‘qituvchilar maktab taʼlimi islohotlari mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Bu borada A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 11-12-aprel kunlari Pedagogika oliygohlari professor-o‘qituvchilari uchun “Maktab ta‘limidagi islohotlar” mavzusida trening tashkil etilmoqda.
Bugun taʼlim vazirliklarning masʼullari va institut rahbariyati ishtirokida treningga start berildi.
Birinchi maʼruza institut rektori Abduvali Ismailovning “Maktab ta‘limi tizimidagi rahbar va pedagoglarning malakasini oshirish“ mavzusidagi taqdimoti bilan boshlandi.
Unda rektor malaka oshirish tizimidagi yangi yondashuvlar, maktab direktorligiga nomzodlar uchun tashkil etilayotgan Menejerlik o‘quv kurslarining mazmun-mohiyati va o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta‘minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berdi.