O‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar: Zamonaviy ta’lim sari hamkorlik

89 29.04.2025

Institutida Britaniya Kengashi hamda NILE (Norvich til taʼlimi instituti) instituti bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan loyihalar izchil davom etmoqda.

28-aprel kuni institutda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu tashkilotlar vakillari, jumladan, NILE instituti direktori Tom Kiddle ishtirokida loyihaning yangi bosqichlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda 2025-yil sentyabriga qadar malaka oshirish tizimining uchinchi va to‘rtinchi bloklari mazmunini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.

Ushbu to‘rt blokli o‘quv tizimining dastlabki ikki bosqichi — ijtimoiy va umumkasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, hozirda bu yo‘nalishlar bo‘yicha modullar xalqaro ekspertlar bilan birgalikda yaratilib, amaliyotga tadbiq etilgan.

Endilikda esa har bir fan bo‘yicha alohida shakllantiriladigan uchinchi blokda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar, fanlararo integratsiya va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga urg‘u beriladi.

To‘rtinchi bosqich esa attestatsiya jarayonini o‘z ichiga olib, unda o‘qituvchilar xalqaro mezonlar asosida baholanadi.

Shuningdek, loyiha doirasida trenerlarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘quv materiallarini yangilash va raqamli platformalar orqali zamonaviy kontentni yetkazib berish mexanizmlari ham shakllantirilmoqda.

Bu tashabbuslar o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishiga xizmat qilish bilan birga, o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim muhitini yaratishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech