O‘quvchilarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha treninglar doirasida tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishida 9-mashg‘ulot tashkil etildi.
Mazkur treninglarda tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha respublikaning 233 ta maktabidan jami 4186 nafar o‘qituvchi, jumladan, tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishida 1516 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi.
Trening mashg‘ulotlarining nazariy qismida 12 ta mavzu doirasida o‘qituvchilarga PISA tadqiqotidagi tabiiy-ilmiy savodxonlik tushunchasi, unga oid kompetensiyalar, shuningdek, tadqiqotda o‘quvchilardan talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Amaliy mashg‘ulotlarda PISA tadqiqotining ochiq manbalarida keltirilgan 26 ta topshiriqlar ko‘rib chiqilib, o‘quvchilarda topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘quvchilarning javoblarini baholash metodikasi tushuntirildi.