O‘zbekiston vakillari PISA 2025 asosiy jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Avstraliyada o‘tkazilayotgan uchrashuvda ishtirok etmoqda
674
11.11.2024
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida PISA 2025 tadqiqoti “Milliy loyiha menejerlarining uchinchi uchrashuvi” bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuv Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Avstraliyaning ACER tashkilotlari tomonidan tashkil etilib, unda 95 ga yaqin davlatlar qatorida O‘zbekiston Respublikasidan vakil sifatida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori, PISA 2025 tadqiqoti milliy menejeri Abduvali Ismailov va Ta‘limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi Furqat Xolmirzayevlar ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda quyidagi asosiy mavzular muhokama qilinmoqda:
- Tajriba sinovi jarayonlaridan olingan xulosalar va fikr-mulohazalar haqida ma‘lumot taqdim etish;
- Asosiy tadqiqotga tayyorgarlik jarayonlari va ularning amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring ishlarini olib borish;
- PISA 2025 tadqiqotida yangi innovatsion yo‘nalish bo‘lgan "Raqamli dunyoda o‘rganish" (LDW) bo‘yicha asosiy tadqiqot jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish.