«O‘zbekistonda bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish va davlat ta‘limini yaxshilash bo‘yicha kelgusi qadamlar»

589 17.10.2024

Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida O‘zbekistonda bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish va davlat ta‘limini yaxshilashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

   Tadbir Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi tomonidan Jahon banki ko‘magida tashkil etildi.

   Seminarda Jahon bankining katta iqtisodchisi va MELQO baholash hisobotining hammuallifi Hiroshi Saeki tomonidan O‘zbekistonda Xalqaro Melko instrumentlari orqali 250 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkazilgan taʼlim sifatini baholash natijalari eʼlon qilindi. Baholash natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda taʼlim-tarbiya jarayoni umumiy holati va sifati yuqori darajada ekanligi aniqlandi, jumladan, bolalarda ilk matematik bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash natijalari o‘rtacha 94%, katta va tayyorlov guruhlardagi bolalarda erta yoshdagi savodxonlik ko‘nikmalari 77% dan baland bo‘lganligi alohida taʼkidlab o‘tildi.

   Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlarni baholash natijalari yuqori ekanligiga alohida urg‘u berildi. Baholashda ishtirok etgan 90% maktabgacha taʼlim tashkilotlari o‘quv metodik va didaktik adabiyotlar bilan to‘liq taʼminlanganligiga alohida urg‘u berildi.

   Quvonarlisi shundaki, O‘zbekistonda o‘tkazilgan baholash natijalari boshqa davlatlarda o‘tkazilgan baholash natijalari bilan solishtirilganda, O‘zbekistonda bolalarni erta yoshdan rivojlantirish darajasi yuqori ekanligi va bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘ri tanlanganligi xorijiy ekspertlar tomonidan eʼtirof etildi.

Tadbirdan so’ng xorijiy mehmonlar institutning yangi binosi, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish media studiyasi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech