“O‘zbekistonda Yaponiya uslubidagi akademik yutuqlar test modelini joriy etish” loyihasi sarhisob qilindi

180 06.07.2023

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda olib borilayotgan “O‘zbekistonda Yaponiya uslubidagi akademik yutuqlar test modelini joriy etish” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.

 

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli mas‘ullari, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rahbariyati va fan o‘qituvchilari, JICA tashkilotining O‘zbekistondagi hamda Yaponiyadagi vakillari, Hapiral Test Solutions, KEI Advanced Inc tashkiloti vakillari ham ishtirok etdi.

 

Mazkur seminarda loyihaning to‘rtinchi bosqich qismi hamda ikki yil mobaynida olib borilgan ishlar natijalari, shuningdek, loyiha doirasida tanlab olingan umumtaʼlim va xususiy maktablarning 8,-9,-10-sinf o‘quvchilari bilan olib borilgan tajriba-sinov test imtihonlari tahlil natijalari ko‘rib chiqilib, sarhisob qilindi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech