Pedagogik faoliyat yuritish huquqini berish bo‘yicha tashkil etilgan qayta tayyorlash kursining yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Pedagogik faoliyat yuritish huquqini berish bo‘yicha tashkil etilgan qayta tayyorlash kursining yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi.
Kursning yakuniy imtihonidan oldin institut rahbariyati komissiya aʼzolari bilan baholash mezonlari, unda obyektivlikka eʼtibor qaratish kabi masalalarda suhbat olib borib, imtihon jarayonlarini kuzatdilar.
Kursga 29 nafar tinglovchi qabul qilingan bo‘lib, malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilgan taʼlimdan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasi (yakuniy nazorat va bitiruv ishi himoyasi)da ishtirok etdilar.
Yakuniy nazoratdan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar bitiruv ishi himoyasiga jalb etildi.
Himoya attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholandi:
- mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyati;
- ijodiy yondashilganligi;
- xulosa va tavsiyalarning asoslanganligi;
- taqdimot va berilgan savollarga javoblari.