“Pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan taʼlimni amaliyotga joriy etish” mavzusida ilmiy seminar taqdimoti
Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining Umumiy o‘rta taʼlim mazmuni va metodiklari bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida malaka oshirayotgan o‘qituvchilarga “Pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan taʼlimni amaliyotga joriy etish” mavzusida ilmiy seminar taqdimoti o‘tkazildi.
Mazkur seminarda pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan taʼlimning fanda bugungi kunda aktual masalalari va ahamiyati, maqsad va vazifalari shuningdek ushbu tushunchaning fanga kirib kelish tarixi yuzasidan ilmiy-amaliy bilimlar negizida to‘plangan maʼlumotlar taqdimot shaklida namoyish etildi.
Shuningdek, tinglovchilar bilan birga ushbu mavzuning ahamiyati va to‘plangan maʼlumotlar muhokama etildi.