Pedagoglar uchun yana bir qulaylik

215 05.10.2023

Endilikda siz "Uzluksiz kasbiy taʼlim" elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tganingizda profilingiz avtomatik faollashtiriladi

 

Xabaringiz bor, yaqin kunga qadar "Uzluksiz kasbiy taʼlim" elektron platformasi davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilinmaganligi bois tinglovchilarning maʼlumotlari mutaxassislar tomonidan tekshirilib, faollashtirildi. Bu esa, maʼlum vaqt talab qilib, ustozlarning malaka oshirish jarayonini boshlashini cho‘zilishiga sabab bo‘layotgan hamda pedagog xodimlarning haqli eʼtirozlarini keltirib chiqarayotgan edi.

 

Endilikda "Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasi hukumatning One ID – Yagona identifikatsiya tizimi bilan to‘liq integratsiya qilindi. Bu esa ro‘yxatdan o‘tgan va o‘zi haqidagi maʼlumotlarni to‘liq kiritgan tinglovchilarning akkauntlarini avtomatik tarzda faollashtirish imkonini beradi. 

 

Endi “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsangiz, akkauntingizni faollashtirish uchun institutning Onlinedu.uz/Rasmiy 24/7 sʼhatiga murojaat qilib, soatlab kutishingiz shart emas

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech