PF 200-son Prezident Farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot o‘tkazildi

308 27.12.2023

Institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 200-son Prezident Farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot o‘tkazildi.

Targ‘ibotda institut xodimlari va doktorantlar ishtirok etdilar. Institutning korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat bo‘yicha masʼul xodimi D.Rejapova Farmonning muhim ahamiyatiga to‘xtalib, mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi.

Xususan, Farmon bilan 2023-yil 1-dekabrdan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati quyidagilar bilan to‘ldirildi.

1. Hududlar kesimida "Haj" tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati;

2. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati;

3. Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi;

4. Markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

5.Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi maʼlumotlar doimiy yangilab boriladi va u barcha uchun ochiq bo‘ladi.

Yana bir muhim o‘zgarish sifatida quyidagi jarayonlar interner tarmog‘ida jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:

Falsafa doktori (PhD)) va fan doktori (DSs) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o‘tkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);

barcha akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining test sinovlari) hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

oliy taʼlim muassasalari bazasidagi harbiy taʼlim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlari.

Shuningdek, Farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi tasdiqlandi. Davlat dasturi 9 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 30 ta chora-tadbirlarni amalga oshirishni qamrab oladi.

Davlat dasturi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish belgilandi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech