PIRLS 2026 tajriba-sinovi jarayonlari bo‘yicha vebinar-trening o‘tkazildi!
Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Ta‘limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining tajriba-sinov jarayoniga tayyorgarlik doirasida "Maktab koordinatorlarining vazifalari" mavzusida vebinar-trening o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmalari vakillari, tadqiqotda ishtirok etadigan maktab direktor va koordinatorlari, hududiy koordinatorlar hamda tegishli mas‘ullar onlayn ishtirok etdilar.
Treningda muhokama qilingan mavzular:
Maktab koordinatorining vazifalari;
Tajriba-sinovda ishtirok etuvchi 4-sinflarni tanlab olish bosqichlari;
Tadqiqotda ishtirok etuvchi sinflar va o‘quvchilar ro‘yxatlarini shakllantirish.
Eslatib o‘tamiz!
PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-jarayonlari 2025-yilning aprel-may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadqiqot haqida batafsil ma‘lumot uchun bizni kuzatib boring!