PISA 2025 tadqiqoti doirasida Avstraliyada tashkil etilgan xalqaro treningda O‘zbekiston vakillari onlayn qatnashdi.
PISA 2025 tadqiqoti doirasida Avstraliyada tashkil etilgan xalqaro treningda O‘zbekiston vakillari onlayn qatnashdi.
OECD va ACER xalqaro tashkilotlari tomonidan PISA 2025 tadqiqoti jarayonlarida o‘quvchilarning ochiq savollarga berilgan javoblarini xalqaro standartlarga muvofiq kodlash bo‘yicha maxsus trening tashkil etildi.
Treningda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mas‘ullari ishtirok etib, zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Mazkur treninglarda mas’ullarning ishtiroki O‘zbekistonda PISA 2025 tadqiqotini yuqori saviyada tashkil etish, xalqaro talablarga mos natijalarni ta’minlash hamda milliy ekspertlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.