PISA 2025 tajriba-sinovi doirasida kodlashtirish bo‘yicha trening jarayonlariga start berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti tomonidan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda PISA 2025 o‘quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini kodlashtirish bo‘yicha trening o’tkazildi.
Treningni A.Avloniy milliy‐tadqiqot instituti prorektori M.Yuldashev kirish so’zi bilan ochib berdi.
Shuningdek, Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi, tadqiqot direktori Goran Lazendic onlayn ishtirok etib, xalqaro pudratchilarning o‘rni va baholashning ishonchliligini ta’minlash bo’yicha taqdimot qildi.
Tadqiqotning 3 ta kognitiv yo’nalishlari tabiiy-ilmiy, o’qish, matematik savodxonliklari bo’yicha Yetakchi koderlar tomonidan o‘quvchilarning ochiq strukturalangan savollarga bergan javoblarini kodlashtirish jarayonlari, umumiy tamoyillari hamda kodlash jarayonida ko‘p uchraydigan ayrim muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ma'lumotlar berildi.