#PISA_2025 #oʻquvchi_fikri
295
10.05.2025
"Bugun men PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etdim. To‘g‘risi, bu test an’anaviy imtihonlarga unchalik o‘xshamadi — savollar hayotdagi real vaziyatlarga asoslangan edi.
Fikrlash, tushunish va muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan savollar juda qiziqarli bo‘ldi.
Menga ayniqsa grafik va matnlarni solishtirib, xulosa chiqarish topshiriqlari yoqdi.
Test davomida o‘zimni dunyo miqyosidagi baholashda ishtirok etayotganimni his qildim — bu juda faxrli tuyg‘u!"
Nilufar Hamroyeva
Xiva shahridagi Prezident maktabi
9-sinf o‘quvchisi