#PISA_2025 #oʻquvchi_fikri
“Bugungi tadqiqotda ishtirok etish men uchun katta sharaf bo‘ldi.
Shuni ta'kidlab o'tish joizki, maktabimizning bunday nufuzli, xalqaro darajadagi tadqiqotda ishtirok etayotganidan juda ham xursandman va faxrlanaman.
Rostini aytsam, bunday tanlovga tushishimizni kutmagan edik, lekin bu imkoniyat biz uchun katta motivatsiya bo‘ldi.
Testlar va so‘rovnomalar xalqaro standartlar asosida juda puxta va qiziqarli tarzda tashkil etilgan.
Savollar o‘ylashga, tahlil qilishga undadi. Bu bizga nafaqat bilimlarimizni tekshirish, balki, yangicha fikrlash, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarimizni ham rivojlantirish imkonini berdi.
Maktabimizda ishtirokchi o‘quvchilar kayfiyati a'lo, barchamizda ijobiy ruh va qiziqish bor.
Bu tadqiqot orqali oliy natijalarga erishib, O‘zbekistonni butun dunyoga tanitamiz degan umiddaman.”
Alisher Qudaybergenov
Kegayli tumanidagi 21-maktabning 9-sinf o‘quvchisi