#PISA_2025 #Ota_ona_fikri
204
12.05.2025
"Bugun farzandlarimiz xalqaro miqyosdagi PISA 2025 baholash dasturida ishtirok etayotganidan juda faxrlanamiz. Bu — ular uchun katta imkoniyat, biz ota-onalar uchun esa katta quvonch va mas’uliyatdir.
PISA nafaqat bilimni, balki farzandlarimizning fikrlash doirasini, hayotga tayyorlik darajasini ko‘rsatadi. Biz farzandlarimizga ishonamiz — ular zamonaviy, bilimli, tashabbuskor avlod vakillari sifatida yurtimizni munosib himoya qilishadi.
Barcha ustozlarga rahmat aytamiz — sizlarning mehnatingiz, mehringiz va sabringiz bu natijalarning asosidir."
Elmira Kaipova
Alisher Qudaybergenovning оnasi