Qaysi viloyatlar ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan umumtaʼlim muassasalari soni bo‘yicha respublikada yetakchilik qilmoqda?
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan umumtaʼlim muassasalari respublika bo‘yicha 2021/2022 o‘quv yilida 519 ta ekanligi, o‘tgan 2020-2021 o‘quv yiliga nisbatan 29,43 foiziga oshganligini ko‘rish mumkin. 2021/2022 o‘quv yilida hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng ko‘p ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan umumtaʼlim muassasalari bo‘yicha Farg‘ona (63 ta) va Xorazm (57 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (54 ta) yetakchilik qilayotganligi aniqlandi.
Qishloq joylarida umumtaʼlim muassasalarining 9-sinf va 11-sinf bitiruvchilariga to‘xtaladigan bo‘lsak, jami 9-sinf bitiruvchilarining 49,94 foizi qizlar ekanligi qayd etildi. Xususan, 11-sinf bitiruvchilarining tarkibidagi qizlar salmog‘i ham shunga o‘xshash yaʼni 49,61 foizi ekanligi tahlillar natijasida ayon bo‘ldi.