Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida olib borilgan seminar bo‘yicha tahliliy uchrashuv o‘tkazildi

224 19.11.2023

Maʼlumki, 15-17-noyabr kunlari A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablari direktorlari uchun amaliy seminarlar olib borildi.

Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov rossiyalik mutaxassislar bilan uchrashib, o‘tkazilgan seminarlar va maktab boshqaruvidagi bilimlarini ulashganligi uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda institut rektori rossiyalik professorlarning taassurotlari bilan qiziqib, ular bilan malaka oshirish kurslari mazmuni, menejerlik kurslarini joriy qilishdagi o‘ziga xosliklar, o‘quv jarayonlarining sifati va samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Shuningdek, sankt-peterburglik mutaxassislar maktab direktorlarini tayinlash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida institut rektori mehmonlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirib, kelgusi ishlarida muvafaqqiyat tiladi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech