RTI tashkiloti bilan o‘tkazilgan uchrashuv tavsilotlari

188 27.02.2023

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rahbariyati RTI International tashkilotining taʼlim bo‘yicha mutaxassisi Sara Puezevara bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda institut tomonidan malaka oshirish tizimida olib borilgan islohotlar hamda "Uzluksiz kasbiy taʼlim" (LMS), Uzlms.uz, STesting platformalari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, AQSH Xalqaro Hamkorlik Agentligi (USAID) tomonidan eʼlon qilinishi kutilayotgan yangi loyiha doirasida tomonlarning hamkorlikda ish olib borishlari belgilandi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar AQSH xalqaro hamkorlik agentligining (USAID) yangi loyihasi doirasida umumtaʼlim maktab o‘qituvchilarini inklyuziv taʼlim bo‘yicha malakasini oshirishda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Maʼlumot uchun: ushbu loyiha "Har bir bola muvaffaqiyat qozonadi" (All Children Succeeding Activity) loyiha doirasida bo‘lib, unda asosiy eʼtibor inklyuziv taʼlimni maktablarda joriy etishga qaratilgan.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech